Chet elliklar uchun
Akfa Medline xalqaro bo‘limi xorijiy fuqarolarga zamonaviy, qulay va sifatli tibbiy xizmatlarni taklif etadi. Biz sizning tilingizda muloqot qilish, tashxis qo‘yish va davolashda to‘liq ko‘mak beramiz.
AKFA Medline University Hospital — O‘zbekistonning eng yirik va nufuzli tibbiyot muassasalaridan biridir. Klinikamizning yuqori darajadagi xizmatlari nafaqat mamlakatimizdan, balki butun dunyo bo‘ylab bemorlarni jalb qilmoqda.
Chet ellik bemorlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish maqsadida xalqaro bo‘lim faoliyat olib boradi. Xalqaro bo‘lim koordinatori siz klinikamizda bo‘lgan davr mobaynida sizga har tomonlama ko‘maklashadi va barcha tibbiy xizmatlardan mamnun bo‘lishingizni ta’minlaydi. Bu esa barcha tekshiruv va muolajalarni o‘z vaqtida va samarali o‘tishingizga yordam beradi.
Bo‘limimizning tajribali xodimlari sizga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
• Shifokorlar bilan maslahat va konsultatsiyalarni tashkil etish
• Transfer va joylashuv masalalarida yordam
• Tarjimon xizmatlarini taqdim etish
• Davolanish jarayonini nazorat qilish
• Moliyaviy masalalarda rejalashtirilgan yordam ko‘rsatish
AKFA Medline University Hospital xalqaro bo‘limining ma’muriyati va koordinatori har bir bemor va ularning yaqinlari uchun individual xizmat dasturlarini ishlab chiqadi. Ushbu bo‘lim chet ellik mijozlarimiz va klinikamizning turli bo‘limlari o‘rtasidagi yagona aloqa nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa murojaat qilish va klinikamizga tashrif buyurish jarayonini ancha soddalashtiradi.
Bundan tashqari, sizning qulayligingiz uchun oldindan buyurtma asosida aeroportdan klinikaga transfer xizmatlarini ham tashkil etamiz.



Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni