Держателям корпоративных облигаций
09 сентября 2025

Korporativ obligatsiyalar egalari uchun

Hurmatli janoblar!

Shuni ma’lum qilamizki, “AKFA MEDLINE” MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi (2025-yil 9-sentabrdagi 04-25-sonli bayonnoma) Jamiyat tashabbusi bilan birinchi emissiya korporativ obligatsiyalarini (davlat ro‘yxat raqami Q-0838) to‘liq hajmda muddatidan oldin so‘ndirish (qayta sotib olish) to‘g‘risidagi qarorni indekslangan nominal qiymatning 102,9 % narxda, to‘lanmagan, ammo hisoblangan foizlar summasini qo‘shgan holda qabul qilgan. Qayta sotib olingan obligatsiyalar keyinchalik bekor qilinadi (annulyatsiya qilinadi).

 

Emissiya parametrlari (identifikatsiya uchun)

Ko‘rsatkichQiymat
ShakliElektron (hujjatsiz)
Nominal qiymati10 000 000 so‘m har bir obligatsiya uchun
Miqdori21 100 dona
Umumiy hajm211 000 000 000 so‘m
Foiz stavkasiYiliga 6 %
So‘mga indeksatsiyaAsos – 19 981 060,61 AQSh dollari = 211 000 000 000 so‘m (2021-yil 18-may holatiga ko‘ra O‘zbekiston MB kursi bo‘yicha)

 

Muddatidan oldin so‘ndirish shartlari (2025-yil 9-sentabr holatiga ko‘ra):

  • 1 ta obligatsiyani qayta sotib olish narxi: 12 160 909,09 so‘m (indekslangan nominal qiymatning 102,9 %)
  • Hisoblangan, ammo to‘lanmagan foizlar (jami): 5 569 121 212,12 so‘m
  • Emissiya bo‘yicha umumiy to‘lov summasi: 262 164 303 030,31 so‘m
    (indekslangan nominal qiymatning 102,9 % + hisoblangan foizlar), soliqlar va yig‘imlarni hisobga olmagan holda.

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE