Akfa Medline University Hospital
AMUH bemorlari statsionar davolanishni afzal ko‘rishadi, chunki AMUH statsionarining premium klassdagi xonalari kechayu kunduz yashash imkoniyatini taqdim etib, zarur tibbiy yordam, xalqaro darajadagi shifokorlarning kuzatuvi va sanatoriya sharoitiga teng dam olishni ta’minlaydi.
Uy sharoitidagi qulay muhit bemorlarning tezroq sog‘ayishida muhim ro’l o‘ynaydi.
Gospitalizatsiya jarayoni:
Hammasi kiritilgan!
Har kuni shifokorlar ko‘rigi va navbatchi shifokorning kuzatuvi, malakali tibbiyot xodimlarining parvarishi, 4 mahal ovqatlanish.
Sizga taqdim etiladi:
Barcha qulayliklar va sanuzelga ega palata.
WI-FI, seyf, shkaf, pijama, oyoq kiyim, gigiyena vositalari to‘plami.
Dietologlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan individual ovqatlanish rejasi.
Dorilar bilan davolash.
Davolash-profilaktika muolajalari va tor ixtisosli mutaxassisning kechayu kunduz kuzatuvi.
Bundan tashqari, sizga kunduzgi statsionar xizmatlari ham taqdim etiladi, bu esa ambulator va statsionar davolanishning afzalliklarini o‘zida birlashtiradi. Bemor bir necha soat davomida klinikada bo‘ladi va barcha zarur terapiyani qabul qiladi.
AKFA Medline University Hospital – Markaziy Osiyodagi zamonaviy jihozlangan xususiy ko‘p tarmoqli universitet klinikasi bo‘lib, u diagnostika, davolash va murakkab kardiojarrohlik, ginekologik, urologik, qon-tomir, ortopediya va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda eng ustuvor va zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan markazdir.
Copyright © 2023 Akfa Medline. Barcha xizmatlar litsenziyalangan.
Заполните формы и мы отправим вам ответы по анализам в телеграм