Umumiy onkologiya bo'limi

Akfa Medline

Umumiy onkologiya bo'limi

AKFA Medline umumiy onkologiya bo’limida sizga saraton kasalligini davolashning barcha bosqichlarida yuqori malakali yordam ko’rsatiladi.

AKFA Medline klinikasida erta aniqlangan saraton kasalligida  organning barcha asosiy funktsiyalarini to’liq tiklash va saqlash foizi mamlakatdagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biridir.

Bizning tajribali mutaxassislarimiz:

  • Har qanday murakkablikni jarrohlik yo’li bilan davolashadi.
  • Kimyoterapiya, immunoterapiya yoki nur terapiya uchun individual sxemani ishlab chiqishasi.
  • Kimyoterapiya va operatsiyalardan keyin yuzaga keladigan asoratlarni samarali davolashadi
  • Saratonni erta aniqlash uchun profilaktik tekshiruvlar va skrininglar o’tkazishadi.
  • Palliativ va simptomatik yordamni ta’minlaydilar.

Biz bajaradigan amaliyotlar turlari:

  • Barcha turdagi biopsiya.

  • Ko’krak, teri, jigar, oshqozon, oshqozon osti bezi, ichak, ginekologik organlar saratonini jarrohlik davolash.

  • Qorin bo’shlig’i kimyoterapiyasi bilan sitoreduktiv operatsiyalar.

  • Tos suyagi ekzenteratsiyasi.

  • Jigar rezektsiyasi va boshqa ko’plab operatsiyalar.

Bizning afzalliklarimiz:

  • Noyob operatsiyalar: Whipple operatsiyasi, sitoreduktiv operatsiyalar, tos bo’shlig’i ekzenteratsiyasi, jigar rezektsiyasi.
  • Yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan konsultatsiyalar.
  •  

Saratondan qo’rqmang!