AKFA Medline University Hospital hayoti

Akfa Medline University Hospital

AMUH tarixi

Markazning tashkil etilishi tarixi uzoq vaqt oldin – 2017 yilda, nafaqat Respublikada, balki butun Markaziy Osiyoda eng zamonaviy klinikani qurish g‘oyasi paydo bo‘lgan paytda boshlangan. Biz vatandoshlarimiz tibbiyot sohasidagi boshqa yetakchi mamlakatlarga borishga majbur bo‘layotgan xalqaro darajadagi tibbiy yordamni fuqarolarga yetkazib bermoqchi edik.

Tibbiyot markazini eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlab, mamlakatimizdagi eng yaxshi shifokorlar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni hamkorlikka taklif etishga qaror qildik.

Markaz qurilishidan oldin davlatimiz sog‘liqni saqlash sohasining barcha kuchli va zaif tomonlari o‘rganildi. Keyingi qadam xususiy tibbiyot eng yuqori darajada bo’lgan xorijiy klinikalarga borishga qaror qilindi. Tashrifdan maqsad xorijiy tibbiyot infratuzilmasi bilan tanishish, jumladan, tibbiyotni yangi bosqichga ko‘tarishning samarali yo‘llarini aniqlashdan iborat edi.

Xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borish va safar davomida olingan bilimlar ilg‘or tibbiyot markazini tashkil etish va uni Yevropa, AQSh, Belgiya, Xitoy, Rossiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy tibbiy texnika va anjomlar bilan jihozlash imkonini berdi.

Loyihani tasdiqlash jarayonida ham markazimizda tibbiyotning barcha ommabop yo‘nalishlarini birlashtirib, aholiga keng ko‘lamli sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi, degan qarorga kelindi.

Yuqoridagi barcha holatlarni inobadga olgan holda biz bugungi kunda ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasi bo‘lgan, kardiojarrohlik, ginekologiya, urologiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya, interventsion, LOR bo‘limlari, qon tomir xirurgiyasi, ortopediya va travmatologiya bo‘limlari joylashgan markazni tashkil etdik. Umumiy, endoskopik, laparoskopik va plastik jarrohlik, radiologiya markazi va 50 dan ortiq tor mutaxassislarga ega klinika tashkil etildi.

Bugungi kunda AKFA Medline University Hospitalda 16 ta davolash-profilaktika markazlari, 8 ta ultra zamonaviy operatsiya xonasi, toliq jihozlangan reanimatsiya va intensiv terapiya, angiografiya amaliyot xonasi, laboratoriya, qulay va shinam statsionar xonalar, fizioterapiya va reabilitatsiya bo’limi shuningdek, Estetik va SPA markazi mavjud.

Bugungi kunda bizda eng kuchli salohiyat, diagnostika va davolashning eng mukammal resurslari mavjud.

Tibbiyot markazimiz AKFA Medline University Hospital O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimida yangi va zamonaviy aksi bo’lib, biz sohamizning eng ilg’ori bo’lishdan mamnunmiz.

Ответы анализов

Заполните формы и мы отправим вам ответы по анализам в телеграм