
Xizmatlar
Shifokorlar
Shifokorlar
Bo‘limlar
Bo‘limlar

1-iyun, 2026 - 31-iyul, 2026
Sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlash samarali davolanishning muhim omillaridan biridir. Endi esa AKFA Medline University Hospitalda zamonaviy diagnostika xizmatlaridan yanada qulay shartlarda foydalanishingiz mumkin. Har kuni soat 17:00 dan 23:00 gacha MRT va MSKT tekshiruvlariga 20% chegirma taqdim etiladi. MRT va MSKT tekshiruvlari organizmdagi ko‘plab kasallik va o‘zgarishlarni yuqori aniqlikda aniqlash imkonini beradi. Zamonaviy uskunalar va malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tashxis qo‘yish jarayonining muhim qismi hisoblanadi.Aksiya afzalliklari:✔ MRT va MSKT xizmatlariga 20% chegirma ✔ Qulay kechki vaqt — 17:00 dan 23:00 gacha ✔ Zamonaviy diagnostika uskunalari ✔ Tajribali radiologlar xulosasi ✔ Tezkor va sifatli xizmatBand ish jadvali sabab sog‘lig‘ingizni nazorat qilishni ortga surmang. Endi siz ish kunidan so‘ng ham qulay vaqtda tekshiruvdan o‘tishingiz va chegirmadan foydalanishingiz mumkin.📞 Batafsil ma’lumot va navbat uchun 1141 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.AKFA Medline University Hospital — aniq tashxis va sifatli tibbiy xizmat.

1-dekabr, 2017 - 31-dekabr, 2030
“Sen Yashaysan” — AKFA MEDLINE klinikasining tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bo‘lgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalardagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya dasturidir.Dastur 2017-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Shu vaqt davomida “Sen Yashaysan” doirasida tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarda 700 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Har bir operatsiya ortida bir bolaning hayotiy hikoyasi, bir oilaning umidi va bolaga sog‘lom hamda to‘laqonli hayot uchun imkoniyat yaratishga intilayotgan tibbiyot jamoasining fidokorona mehnati turadi.Dastur doirasida klinikamiz 15 yoshgacha bo‘lgan tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarga bepul jarrohlik yordamini ko‘rsatadi. Maqsadimiz — yordamga muhtoj bolalarga o‘z vaqtida, professional va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish.Biz uchun “Sen Yashaysan” — bu nafaqat tibbiy yordam. Bu g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash hamda har bir bolaga sog‘lom ulg‘ayish, rivojlanish, orzu qilish va o‘z kelajagini qurish imkoniyatini berishdir.Har bir bola sog‘lom ulg‘ayish, orzu qilish va to‘laqonli hayot kechirish imkoniyatiga munosib.

1-aprel, 2026 - 30-aprel, 2026
AKFA Medline University Hospital’da adenoid operatsiyasiga maxsus aksiya. Bolalar va ularning ota-onalari uchun adenoidni olib tashlash operatsiyasiga –25% chegirma e’lon qiladi.Adenoidlar bolalarda nafas olishning qiyinlashishi, tez-tez shamollash, uyqu vaqtida xirillash va eshitishning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Vaqtida davolash esa asoratlarning oldini olib, bolaning erkin nafas olishi va sifatli uyqusi tiklanishiga yordam beradi.Aksiya bo‘yicha paket narxi — 5 500 000 so‘m.Paket tarkibiga quyidagilar kiradi:LOR shifokori birlamchi konsultatsiyasiAnesteziolog ko‘rigiZarur laborator tahlillarAdenoidni olib tashlash operatsiyasiStatsionarda yotish (koyko kunlari)Operatsiyadan keyingi reanimatsiya nazoratiStatsionarda 4 maxal ovqatlanishBarcha muolajalar tajribali shifokorlar tomonidan zamonaviy uskunalarda va xalqaro standartlar asosida amalga oshiriladi.📅 Aksiya 2026-yil aprel oyi oxirigacha amal qiladi.Farzandingizning sog‘lig‘i va erkin nafas olishi haqida bugunoq qayg‘uring.📞 Qabulga yozilish: 1141