Menyu

Kardiologiya

Bo'lim haqida

Kardiologiya

Yurak va qon-tomir kasalliklarida diagnostika, davolash va kuzatuv


AKFA Medline kardiologiya bo‘limida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga diagnostika, davolash va dinamik kuzatuv xizmatlari ko‘rsatiladi.

Bo‘lim jamoasi ko‘krak qafasidagi og‘riq, arterial qon bosimining oshishi, yurak ritmi buzilishi, hansirash, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi hamda boshdan kechirilgan yurak-qon tomir kasalliklaridan keyingi holatlarda bemorlarga yordam beradi.


Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari

  • Yurak ishemik kasalligini diagnostika qilish va davolash
  • Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarni olib borish
  • Yurak ritmi buzilishlarini diagnostika qilish va davolash
  • Miokard infarktidan keyingi bemorlarni kuzatish
  • Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash
  • Rejali operatsiyalardan oldin kardiologik tayyorgarlik
  • Yurak-qon tomir xavf omillari mavjud bemorlarning holatini nazorat qilish
  • Qandli diabet, semizlik va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda asoratlarning oldini olish


Qanday holatlar davolanadi

  • Ko‘krak qafasida og‘riq, siqilish yoki noqulaylik hissi
  • Arterial qon bosimining oshishi yoki beqarorligi
  • Jismoniy zo‘riqish paytida yoki tinch holatda hansirash
  • Yurak urishining tezlashishi
  • Yurak faoliyatida “to‘xtab qolish” yoki notekis urish hissi
  • Yurak ishemik kasalligi
  • Stenokardiya
  • Yurak ritmi buzilishlari
  • Yurak yetishmovchiligi
  • Miokard infarktidan keyingi holatlar
  • Tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari
  • Yurak-qon tomir xavfining yuqoriligi
  • Surunkali kasalliklar fonida yuzaga keladigan kardiologik asoratlar


Asosiy diagnostika usullari

  • Elektrokardiografiya
  • Exokardiografiya
  • EKG bo‘yicha Xolter monitoringi
  • Arterial qon bosimini sutkalik monitoring qilish
  • Ko‘rsatmalar bo‘yicha yuklama testlari
  • Qon tomirlarning ultratovush tekshiruvi
  • Ko‘rsatmalar bo‘yicha kompyuter tomografiya
  • Laborator tekshiruvlar
  • Zarurat bo‘lganda tor mutaxassislar konsultatsiyasi


Mavjud xizmatlar va kuzatuv

  • Kardiologning birlamchi konsultatsiyasi
  • Kardiologning takroriy konsultatsiyasi
  • Individual davolash rejasini tanlash
  • Arterial gipertenziyada davolashni korreksiya qilish
  • Yurak ritmi buzilishlarida davolashni korreksiya qilish
  • Yurak-qon tomir xavf omillarini baholash
  • Operatsiyadan oldingi kardiologik baholash
  • Miokard infarktidan keyingi holatni nazorat qilish
  • Surunkali yurak kasalliklarida dinamik kuzatuv
  • Yurak yetishmovchiligida davolashni tanlash
  • Profilaktik kardiologik check-up dasturlari


Kompleks yondashuv

Zarurat bo‘lganda bemor kardiolog, nur diagnostikasi mutaxassislari, laboratoriya xizmati va smеж yo‘nalish shifokorlari ishtirokida tekshiruvdan o‘tadi.

Bunday yondashuv alohida simptomlargagina emas, balki yurak-qon tomir tizimining umumiy holati, xavf omillari va bemor ahvolining yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni baholashga imkon beradi.

Bo'lim mudiri

Ma'lumot hozircha qo'shilmagan

Bo'lim shifokorlari

Qaysi shifokor yoki bo'limga yozilishni bilmayapsizmi?

Sizga mos mutaxassis va davolashni tanlab beramiz. Bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq uchun ariza qoldiring.