Menyu

AKFA Medline — Toshkentdagi eng yaxshi xususiy klinika | 150+ shifokor, 24/7

Banner 1
Banner 2
Banner 3
Banner 4
Banner 5
Diagnostika

Diagnostika

Aniq natijalar

Batafsil
Statsionar

Statsionar

Kecha-yu kunduz parvarish

Batafsil
Chekaplar

Chekaplar

Kompleks tekshiruv

Batafsil
«Sen Yashaysan»

«Sen Yashaysan»

xayriya dasturi

Batafsil
Fizioterapiya

Fizioterapiya

Zamonaviy usullar

Batafsil
Stomatologiya

Stomatologiya

Eng so'nggi texnologiyalar

Batafsil

Klinika haqida

AKFA Medline — sog‘ligingiz bizning ustuvorligimiz

AKFA Medline — Toshkentdagi JCI xalqaro akkreditatsiyasiga ega yetakchi xususiy ko’p tarmoqli klinika. 2017 yildan beri 3,7 milliondan ortiq tibbiy xizmat ko’rsatildi. 150+ yuqori malakali shifokorlar: kardiologlar, nevrologlar, jarrohlar, pediatrlar va boshqa mutaxassislar. SIEMENS uskunalari (MRT 1.5T, MSKT), robot-assistentli jarrohlik, Roche va Sysmex laboratoriyasi — hammasi bir joyda. 24/7 ishlaydi.

Batafsil
0

ko'rsatilgan tibbiy xizmatlar

0

shifokor maslahatlari

0

o'tkazilgan operatsiyalar

0+

malakali shifokorlar

0

Bo‘lim

0

klinika tashkil etilgan yil

Ommabop bo'limlar

Qaysi shifokor kerakligini bilmayapsizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling. Biz sizga maslahat beramiz va kerakli mutaxassisga qabulga yozamiz.

Ishonchli shifokorlar

Bizning hamkorlarimiz

akfa
Artel
Mangu MMA
Bahodir Jalolov nomidagi boks mahorati maktabi
АССОЦИАЦИЯ СПОРТИВНОЙ БОРЬБЫ УЗБЕКИСТАНА
Футбольная ассоциация Узбекистана (UFA)
Apex Insurance
Apex Insurance
Apex Insurance
Apex Insurance

Yangiliklar va tadbirlar

«Sen Yashaysan» — xayriya aksiyasi
9-sentabr, 2026

«Sen Yashaysan» — xayriya aksiyasi

«Sen Yashaysan» — AKFA MEDLINE klinikasining tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bo‘lgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalardagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya dasturidir.Dastur 2017-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Shu vaqt davomida «Sen Yashaysan» dasturi doirasida klinikada tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalar uchun 700 dan ortiq bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Har bir operatsiya ortida bolaning hayotiy hikoyasi, uning oilasining umidi va tibbiy jamoaning katta mehnati turadi. 700 dan ortiq operatsiya — bu yuzlab kichik yuraklarga ulg‘ayish, rivojlanish va to‘laqonli hayot kechirish uchun berilgan yangi imkoniyatdir.Dasturda bolalar kardiojarrohlaridan iborat ekspert jamoaning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar bolalarni konsultatsiyadan o‘tkazadi, ularning holatini baholaydi, tekshiruv natijalarini o‘rganadi, jarrohlik davolashga ko‘rsatmalarni aniqlaydi va har bir bemor uchun eng maqbul davolash taktikasini belgilaydi. Zarur hollarda qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar tavsiya etiladi. Tibbiy jamoa bolani dastlabki konsultatsiya va operatsiyaga tayyorgarlikdan boshlab, jarrohlik amaliyoti va undan keyingi kuzatuvgacha bo‘lgan barcha muhim bosqichlarda kuzatib boradi.«Sen Yashaysan» dasturi doirasida klinikamiz har oy bepul konsultatsiyalar tashkil etadi. Ular tug‘ma yurak nuqsoni aniqlangan yoki ushbu tashxis taxmin qilinayotgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Agar tashxis allaqachon qo‘yilgan bo‘lsa, bolaga operatsiya tavsiya etilgan bo‘lsa yoki mavjud simptomlar hamda tekshiruv natijalari bolalar kardiojarrohi bahosini talab qilsa, ota-onalar konsultatsiyaga murojaat qilishlari mumkin. Bunday konsultatsiyalarning asosiy maqsadi — bolaning jarrohlik davolashga, qo‘shimcha diagnostikaga yoki dinamik kuzatuvga ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlashdir.Dastur faqat Toshkent shahri bilan cheklanmaydi. Bizning mutaxassislar O‘zbekistonning turli hududlarida bepul sayyor konsultatsiyalar o‘tkazib, poytaxtga kelish imkoniyati cheklangan oilalar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada qulay qilishga intiladilar. Sayyor konsultatsiyalar davomida bolalar kardiojarrohlari bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazadi, tibbiy hujjatlar va tekshiruv natijalarini o‘rganadi. Ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, bolalar keyingi tekshiruv va dastur doirasida bepul jarrohlik davolash imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun yo‘naltiriladi. Zarurat tug‘ilganda, tibbiy jamoa respublikaning olis hududlariga ham tashrif buyurishi mumkin.«Sen Yashaysan» dasturi doirasida tibbiy va ijtimoiy mezonlarga mos keladigan 15 yoshgacha bo‘lgan tug‘ma yurak nuqsoni mavjud bolalarga bepul jarrohlik davolashini amalga oshiradi. Har bir holat individual ravishda ko‘rib chiqiladi. Jarrohlik amaliyoti zarurligi to‘g‘risidagi qaror bolaning tashxisi, klinik holati va o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari asosida mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi.Dastur faqat jarrohlik amaliyotini o‘z ichiga olmaydi. Bolaning statsionarda davolanish davridagi yashashi, ovqatlanishi, shuningdek, ota-onalardan biri bilan birga statsionarda bo‘lish imkoniyati ham dastur doirasida ta’minlanadi. Bu davolanish davomida bolaga zarur parvarish va oilasining qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashga yordam beradi.AKFA MEDLINE uchun «Sen Yashaysan» — bu shunchaki xayriya tashabbusi emas. Bu professional tibbiy yordam, bolalar kardiojarrohlarining tajribasi va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashni birlashtirgan uzoq muddatli dasturdir.Dasturda ishtirok etish shartlari haqida ma’lumot olish, bolalar kardiojarrohi bepul konsultatsiyasiga yozilish yoki zarur hujjatlar va tekshiruvlar ro‘yxatini aniqlashtirish uchun ota-onalar AKFA MEDLINE Call Center’iga murojaat qilishlari mumkin.Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa yo‘li, Farobiy 5ACall Center: +998 71 203-30-03 — 24/7Murojaat vaqtida savolingiz «Sen Yashaysan» dasturiga tegishli ekanini Call Center mutaxassisiga ma’lum qilishingiz kifoya.Xodimlar zarur ma’lumotlarni taqdim etib, keyingi bosqichlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar.«Sen Yashaysan» — bu bolaga o‘z vaqtida yordam berish, uning oilasini qo‘llab-quvvatlash va kichik yurakka to‘laqonli hayot uchun yangi imkoniyat yaratishdir.

AKFA Medline Birinchi xalqaro tibbiy turizm forumiga mezbonlik qildi
27-avgust, 2026

AKFA Medline Birinchi xalqaro tibbiy turizm forumiga mezbonlik qildi

2026-yil 25–26-avgust kunlari Toshkent shahridagi AKFA Medline University Hospital bazasida Birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik tadbir olti davlatdan 150 nafardan ortiq ishtirokchini — tibbiyot muassasalari rahbarlari, davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, shifokorlar, sug‘urta kompaniyalari, tibbiy turizm agentliklari va biznes vakillarini bir maydonda jamladi.Forumning AKFA Medline maydonida o‘tkazilishi klinikaning yuqori xalqaro maqomi hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tibbiy turizmni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.Tajriba almashish uchun xalqaro maydonForum tibbiy turizm, tibbiy xizmatlar eksporti va xorijiy bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilish uchun professional platformaga aylandi.Forumning tantanali ochilish marosimida AKFA Medline University Hospital bosh direktori Azimjon Tursunkulov, forum tashkilotchisi Larisa Naumenko, Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, diplomatik va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.Azimjon Tursunkulov o‘zining kirish nutqida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish va davolanish uchun boshqa mamlakatlardan tashrif buyuradigan bemorlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratish muhimligini ta’kidladi.Forumning ishbilarmonlik dasturidan yalpi majlislar, ekspertlar ma’ruzalari, panel muhokamalari, B2B uchrashuvlari va professional netvorking o‘rin oldi. Ishtirokchilar tibbiyot muassasalarining xalqaro akkreditatsiyasi, sog‘liqni saqlash sohasining raqamli transformatsiyasi, bemorlar xavfsizligi, xizmatlarning madaniy moslashuvi hamda klinikalarning tibbiy agentliklar va sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar.O‘zbekiston tibbiyotining imkoniyatlariForum dasturida bugungi kunda O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan yuqori texnologiyali tibbiyot yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.AKFA Medline mutaxassislari klinikaning quyidagi yo‘nalishlardagi imkoniyatlarini taqdim etdilar:robot-assistentli jarrohlik;yuqori texnologiyali kardiojarrohlik;ortopediya va travmatologiya;endoskopik spinal neyrojarrohlik;ginekologiya va reproduktiv tibbiyot;zamonaviy laboratoriya va instrumental diagnostika.AKFA Medline ginekologiya bo‘limi mudiri Rozikul Fozilbekov robot-assistentli jarrohlikning tibbiy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni haqida ma’ruza qildi. Kattalar kardiojarrohligi bo‘limi mudiri Maksud Murodov murakkab yurak kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini taqdim etdi.Ortopediya va travmatologiya bo‘limi mudiri Abduaziz Babakulov xorijiy bemorlar uchun yuqori texnologiyali ortopediyaning yangi imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Spinal neyrojarrohlik bo‘limi mudiri Vladislav Kelmakov esa kam invaziv endoskopik texnologiyalar tiklanish muddatini qanday qisqartirishi va boshqa davlatlardan kelgan bemorlar uchun jarrohlik amaliyotlarini yanada qulay qilishi haqida ma’lumot berdi.Xalqaro bemorlarning ishonchi va davolash sifatiForumning asosiy mavzularidan biri tibbiyot tashkilotlariga bo‘lgan ishonch masalasi bo‘ldi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, xalqaro akkreditatsiya, davolash xavfsizligi, jarayonlarning shaffofligi va yuqori darajadagi xizmat xorijiy bemorlarning klinika tanlashidagi asosiy mezonlar hisoblanadi.AKFA Medline University Hospital — O‘zbekistondagi JCI xalqaro akkreditatsiyasiga ega yagona xususiy klinika. Ushbu maqom klinikadagi tibbiy jarayonlar, xizmat sifati va bemorlar xavfsizligi xalqaro talablarga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan klinika robotik jarrohlik, MRT, MSKT, angiografiya, zamonaviy operatsion bloklar, reanimatsiya va klinik-diagnostika laboratoriyasini o‘z ichiga olgan ilg‘or texnologik bazaga ega. AKFA Medline’da turli mutaxassisliklar bo‘yicha 150 nafardan ortiq shifokor faoliyat yuritadi.Forumning ikkinchi kuni26-avgust kuni forum ishtirokchilari AKFA Medline University Hospital faoliyati va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida mehmonlarga operatsion blok, statsionar bo‘limlar, diagnostika markazi va reanimatsiya bo‘limi namoyish etildi.Ishbilarmonlik dasturi yakunida davra suhbati tashkil etildi. Unda istiqbolli qo‘shma loyihalar, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xalqaro bemorlarni yo‘naltirishning yangi yo‘nalishlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.Tibbiy turizm rivojida yangi bosqichBirinchi xalqaro tibbiy turizm forumi O‘zbekistonning diagnostika, davolash, jarrohlik va reabilitatsiya xizmatlarini taklif etuvchi istiqbolli yo‘nalish sifatidagi salohiyatini namoyish etdi.Forumning AKFA Medline bazasida o‘tkazilishi mamlakat tibbiyotining xalqaro nufuzini mustahkamlash, professional aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonning yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarini xorijiy bozorlarda ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.AKFA Medline xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston va boshqa davlatlardan keladigan bemorlar uchun xavfsiz va qulay tibbiy muhit yaratishni davom ettiradi.

AKFA Medline shifokorlari “Mangu 4” MMA turnirida sportchilar xavfsizligini ta’minladi
27-avgust, 2026

AKFA Medline shifokorlari “Mangu 4” MMA turnirida sportchilar xavfsizligini ta’minladi

Andijon shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha “Mangu 4” MMA turniri muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqaning to‘liq tibbiy ta’minoti va sportchilar salomatligini nazorat qilish vazifasi AKFA Medline University Hospital tibbiy jamoasi zimmasida bo‘ldi.Turnirdan oldin barcha jangchilar AKFA Medline klinikasida kompleks tibbiy tekshiruv — check-updan o‘tkazildi. Tekshiruvlar sportchilarning umumiy salomatligini baholash va ularning jangda ishtirok etishga tayyorligini aniqlash maqsadida amalga oshirildi.Har bir jangchi oktagonga chiqishidan oldin AKFA Medline shifokorlari tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazildi. Mutaxassislar sportchilarning arterial qon bosimi, yurak urish tezligi va tana haroratini o‘lchab, umumiy holatini nazorat qildilar.Musobaqa davomida arena hududida zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlangan AKFA Medline reanimobili navbatchilik qildi. Tibbiy jamoa ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda tezkor yordam ko‘rsatish va sportchini klinikaga yetkazishga doimo tayyor turdi.MMA yuqori jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va katta mas’uliyat talab qiladigan sport turi hisoblanadi. Shu sababli bunday musobaqalarda malakali tibbiyot mutaxassislari va maxsus reanimobilning ishtiroki sportchilar xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir.Shifokorlarning professionalligi, zamonaviy tibbiy yondashuvi va shoshilinch vaziyatlarda tezkor harakat qilish tajribasi turnirning xavfsiz o‘tkazilishiga xizmat qildi.“Mangu 4” turniridagi ishtirok AKFA Medline va Mangu Professional League o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim bosqichi bo‘ldi. Klinika kelgusida ham yirik sport tadbirlarini tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sportchilar salomatligini asrash va sport tibbiyotini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.AKFA Medline — sog‘liq, xavfsizlik va professional tibbiy yordam doimo birinchi o‘rinda.

AKFA Medline Universitet klinikasi JCI xalqaro akkreditatsiyasini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi
17-avgust, 2026

AKFA Medline Universitet klinikasi JCI xalqaro akkreditatsiyasini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi

AKFA Medline Universitet klinikasi JCI xalqaro akkreditatsiyasini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi AKFA Medline Universitet klinikasi tibbiy xizmat sifati, bemor xavfsizligi va zamonaviy klinik boshqaruv sohasidagi yuqori standartlarga sodiqligini yana bir bor namoyish etdi. Klinika JCI — Joint Commission International xalqaro akkreditatsiyasini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.Bu nafaqat klinika uchun navbatdagi akkreditatsiya, balki AKFA Medline’da sifat va xavfsizlik bir martalik natija emas, balki doimiy jarayon ekanining muhim tasdig‘idir.JCI — xalqaro ishonch va sifat mezoniJCI (Joint Commission International) — sog‘liqni saqlash tashkilotlarida tibbiy xizmat sifati va bemor xavfsizligini baholovchi dunyodagi eng nufuzli xalqaro akkreditatsiya tizimlaridan biridir.JCI akkreditatsiyasi klinikaning faoliyati xalqaro talablar asosida tashkil etilganini, tibbiy jarayonlarda xavfsizlik va sifat nazorati tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganini hamda bemor manfaatlari barcha jarayonlarning markazida turishini anglatadi.Akkreditatsiya jarayonida klinikaning ko‘plab yo‘nalishlari — bemor xavfsizligi, tibbiy yordam sifati, diagnostika va davolash jarayonlari, dori vositalaridan xavfsiz foydalanish, infeksiya nazorati, xodimlar malakasi, klinik boshqaruv, bemor huquqlari va boshqa muhim jarayonlar yuqori xalqaro mezonlar asosida baholanadi.Uchinchi marotaba JCI — bu barqaror sifatning isbotiAKFA Medline Universitet klinikasining JCI akkreditatsiyasini uchinchi bor qo‘lga kiritgani klinikaning xalqaro standartlarga bo‘lgan sadoqati izchil va uzoq muddatli ekanini ko‘rsatadi.Bir marta akkreditatsiyadan o‘tish — yuqori standartlarga javob berishning muhim natijasi. Ammo ushbu standartlarni yillar davomida saqlab qolish, takomillashtirish va qayta-qayta xalqaro baholashdan muvaffaqiyatli o‘tish — bundan ham katta mas’uliyatdir.Uchinchi JCI akkreditatsiyasi — AKFA Medline jamoasining sifatni doimiy ravishda rivojlantirishga qaratilgan tizimli mehnatining natijasidir.Bu natija ortida shifokorlar, hamshiralar, tibbiy va ma’muriy xodimlarning yagona maqsad — bemor uchun xavfsiz, sifatli va ishonchli tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi kundalik mehnati turibdi.Bemor xavfsizligi — bizning ustuvor vazifamizAKFA Medline uchun zamonaviy tibbiyot faqat ilg‘or texnologiyalar yoki zamonaviy uskunalar bilan cheklanmaydi.Haqiqiy sifat — bu:bemorni to‘g‘ri aniqlash va xavfsiz davolash;diagnostika va davolash jarayonlarining aniq protokollar asosida olib borilishi;tibbiy xatoliklar xavfini kamaytirish;infeksiyalar tarqalishining oldini olish;dori vositalaridan xavfsiz foydalanish;tibbiyot xodimlarining malakasini doimiy oshirish;bemorning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;har bir tibbiy jarayonni nazorat qilish va takomillashtirishdir.JCI talablari aynan mana shu jarayonlarni tizimli ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.Xalqaro standartlar — har bir bemor uchunAKFA Medline Universitet klinikasiga murojaat qilgan har bir bemor uchun JCI — shunchaki xalqaro sertifikat emas.Bu — ishonch belgisi.Bu bemor klinikaga murojaat qilganda uning xavfsizligi, huquqlari va tibbiy yordam sifati xalqaro mezonlar asosida ta’minlanishiga bo‘lgan ishonchdir.Mahalliy bemorlar bilan bir qatorda, xalqaro standartlarga javob beradigan tibbiy xizmat izlayotgan xorijiy bemorlar uchun ham JCI akkreditatsiyasi klinikaning professional darajasini ko‘rsatuvchi muhim mezonlardan biridir.AKFA Medline — sifatni bir marta emas, har kuni tanlaydiBugungi natija — yakuniy nuqta emas.AKFA Medline Universitet klinikasi uchun JCI’ning uchinchi marotaba qo‘lga kiritilishi yangi bosqichning boshlanishidir. Klinikada tibbiy xizmat sifatini oshirish, bemor xavfsizligini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlar davom etadi.Bizning maqsadimiz — nafaqat xalqaro standartlarga javob berish, balki O‘zbekistonda tibbiyot sifati va bemor xavfsizligi bo‘yicha yuqori mezonlarni shakllantirishga hissa qo‘shishdir.Uch karra JCI — uch karra ishonch.AKFA Medline Universitet klinikasi — xavfsiz, sifatli va ishonchli tibbiyot maskani.Biz uchun sifat — standart emas. Bu har bir bemor oldidagi mas’uliyatdir.

Biz har doim sog'lig'ingiz haqida g'amxo'rlik qilishga tayyormiz

Keling — sizni diqqat, professionallik va samimiy g'amxo'rlik kutmoqda

Phone

Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 5A-uy

Phone

ish vaqti

Dushanba - Juma: 08:30 - 17:00

Shanba: 09:00 - 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

Ko'p beriladigan savollar

Klinika ish vaqti va manzili qanday?
Klinika quyidagi jadval asosida ishlaydi: Dushanba – juma: 08:30 dan 17:00 gacha Shanba: 09:00 dan 14:00 gacha Aniq manzil, xarita va yo‘l ko‘rsatmasi saytimizdagi «Biz haqimizda» bo‘limida keltirilgan. Bemorlar uchun qulayliklar: — klinika hududida bepul avtoturargoh mavjud — elektromobillar uchun bepul zaryadlash stansiyasi mavjud
Klinikada laboratoriya va diagnostika xizmatlari mavjudmi?
Ha, bizning klinikamizda zamonaviy laboratoriya va diagnostika markazi ishlaydi. Biz qon, siydik va boshqa biologik materiallar tahlillarini, UZI (ultratovush tekshiruvi), EKG, rentgen, MRT va KT tasvirlarini o'tkazamiz. Ko'p tahlillar natijasi bir kun ichida tayyor bo'ladi, shoshilinch tahlillar esa bir soat ichida. Barcha natijalar elektron shaklda bemorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Qabul uchun qanday hujjatlar kerak?
Birinchi marta tashrif buyuruvchilar uchun faqat pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Agar avval boshqa klinikada tekshiruvdan o'tgan bo'lsangiz, oldingi natijalar, tahlillar va xulosalarni olib kelishingiz maqsadga muvofiq — bu shifokorga aniqroq tashxis qo'yishga yordam beradi. Bolalar uchun qo'shimcha ravishda tug'ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim etilishi lozim.
Klinikada qanday mutaxassislar va yo'nalishlar mavjud?
Bizning ko'p tarmoqli klinikamizda 20 dan ortiq yo'nalish bo'yicha tajribali mutaxassislar qabul qiladi: terapevt, kardiolog, nevropatolog, gastroenterolog, endokrinolog, ortoped, ginekolog, urolog, dermato-venerolog, ko'z shifokori, quloq-burun-tomoq va boshqalar. Barcha shifokorlar oliy malakali bo'lib, xalqaro sertifikatlarga ega. Mutaxassislar ro'yxatini veb-saytimizning «Shifokorlar» bo'limida ko'rishingiz mumkin.
Qabul narxlari qancha va to'lov qanday amalga oshiriladi?
Qabul narxi tanlanagan mutaxassis va xizmat turiga qarab farqlanadi. Narxlar ro'yxatini veb-saytimizning «Xizmatlar va narxlar» bo'limida yoki qo'ng'iroq markazi orqali bilib olishingiz mumkin. To'lovni naqd pul, bank kartasi yoki onlayn to'lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Sug'urta polisidan foydalanish imkoniyati haqida qabul administratori sizga batafsil ma'lumot beradi.
Qabulga qanday yozilish mumkin?
Qabulga yozilish uchun bir necha qulay usul mavjud: bizning veb-saytimiz orqali onlayn forma to'ldirish, qo'ng'iroq markazi raqamiga telefon qilish yoki klinikaga to'g'ridan-to'g'ri kelish. Onlayn yozilishda shifokor, sana va qulay vaqtni tanlashingiz mumkin. Qo'ng'iroq qilsangiz, administratorlarimiz sizga eng yaqin bo'sh vaqtni taklif qiladi.