
Djafarov Saidamir Muradovich
Interventsion kardiolog
Shifokor haqida ma'lumot
Jafarov Saidamir Murodovich
Intervens ion kardioangiolog, endovaskulyar jarroh, PhD
Mutaxassis haqida
Yurak va qon tomir kasalliklarini minimal invaziv usullar bilan davolashga ixtisoslashgan. Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Kasbiy faoliyati
• 2011-yildan buyon klinik amaliyot olib boradi.
• 2018-yildan buyon AKFA Medline klinikasida faoliyat yuritadi.
• 2025-yildan buyon Central Asian University Tibbiyot maktabida dars beradi.
Ta’lim va xalqaro malaka oshirish
• 2014 va 2017-yillarda Janubiy Koreyada intervens ion kardiologiya va radiologiya bo‘yicha malaka oshirgan.
• 2022-yilda Turkiyada intervens ion neyroradiologiya bo‘yicha malaka oshirgan.
Asosiy yo‘nalishlari
Yurak, bosh miya va pastki oyoq-qo‘l arteriyalari kasalliklarini endovaskulyar diagnostika qilish va davolash; aorta anevrizmalari va disseksiyalarini endovaskulyar davolash; turli xil embolizatsiya amaliyotlari; kava-filtrlar, venoz port tizimlari va dializ kateterlarini o‘rnatish.
Klinik tadqiqotlar
Yurak-qon tomir kasalliklarini diagnostika qilish va endovaskulyar davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish hamda baholashga qaratilgan xalqaro klinik tadqiqotlarda, jumladan, bosh tadqiqotchi (Principal Investigator, PI) sifatida ishtirok etadi.
Ilmiy faoliyati
2026-yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi — koronar va uyqu arteriyalarining birgalikdagi aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda diagnostika hamda invaziv davolash usullarini takomillashtirish.
Xalqaro faoliyati
Xalqaro ilmiy kongress va konferensiyalarda qatnashadi, ma’ruzalar qiladi hamda ekspert muhokamalarida ishtirok etadi.
Tillar
O‘zbek, rus, ingliz.
Shifokor xizmatlari
Ma'lumot hozircha qo'shilmagan
Ta'lim
Ma'lumot hozircha qo'shilmagan
Malaka oshirish va stajirovkalar
Ma'lumot hozircha qo'shilmagan
Ish jadvali
Shifokorning ish tartibi o'zgarishi mumkin. Qabul vaqtini aniqlashtirish uchun +998 71 203-30-03 raqami orqali call-markazimizga qo'ng'iroq qilishni tavsiya etamiz.


