Menyu

AKFA Medline — Toshkentdagi eng yaxshi xususiy klinika | 150+ shifokor, 24/7

Banner 1
Banner 2
Banner 3
Banner 4
Banner 5
Diagnostika

Diagnostika

Aniq natijalar

Batafsil
Statsionar

Statsionar

Kecha-yu kunduz parvarish

Batafsil
Chekaplar

Chekaplar

Kompleks tekshiruv

Batafsil
«Sen Yashaysan»

«Sen Yashaysan»

xayriya dasturi

Batafsil
Fizioterapiya

Fizioterapiya

Zamonaviy usullar

Batafsil
Stomatologiya

Stomatologiya

Eng so'nggi texnologiyalar

Batafsil

Klinika haqida

AKFA Medline — sog‘ligingiz bizning ustuvorligimiz

AKFA Medline — Toshkentdagi JCI xalqaro akkreditatsiyasiga ega yetakchi xususiy ko’p tarmoqli klinika. 2017 yildan beri 3,7 milliondan ortiq tibbiy xizmat ko’rsatildi. 150+ yuqori malakali shifokorlar: kardiologlar, nevrologlar, jarrohlar, pediatrlar va boshqa mutaxassislar. SIEMENS uskunalari (MRT 1.5T, MSKT), robot-assistentli jarrohlik, Roche va Sysmex laboratoriyasi — hammasi bir joyda. 24/7 ishlaydi.

Batafsil
0

ko'rsatilgan tibbiy xizmatlar

0

shifokor maslahatlari

0

o'tkazilgan operatsiyalar

0+

malakali shifokorlar

0

Bo‘lim

0

klinika tashkil etilgan yil

JCI xalqaro akkreditatsiyasi

JCI oltin muhri

Butun dunyoda e'tirof etilgan sifat

AKFA Medline tibbiy yordam sifati va xavfsizligi sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot — Joint Commission International (JCI) tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan. Klinika 2020-yilda birinchi marta akkreditatsiyadan o'tdi, 2023-yilda uni qayta tasdiqladi va 2026-yilda uchinchi marta JCI akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi.

  • Bemorlar xavfsizligining xalqaro standartlari
  • Diagnostika va davolashning zamonaviy protokollari
  • Sifatning muntazam mustaqil auditi
2020
Birinchi akkreditatsiya
2023
Qayta akkreditatsiya
2026
Uchinchi akkreditatsiya
PDF yuklab olish

Ommabop bo'limlar

Qaysi shifokor kerakligini bilmayapsizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling. Biz sizga maslahat beramiz va kerakli mutaxassisga qabulga yozamiz.

Ishonchli shifokorlar

Bizning hamkorlarimiz

akfa
Artel
Mangu MMA
Bahodir Jalolov nomidagi boks mahorati maktabi
АССОЦИАЦИЯ СПОРТИВНОЙ БОРЬБЫ УЗБЕКИСТАНА
Футбольная ассоциация Узбекистана (UFA)
Apex Insurance
Apex Insurance
Apex Insurance
Apex Insurance

Yangiliklar va tadbirlar

AKFA Medline — Samarkand Marathon 2026 marafonining rasmiy tibbiy hamkori
10-noyabr, 2026

AKFA Medline — Samarkand Marathon 2026 marafonining rasmiy tibbiy hamkori

10 496 nafar ishtirokchi, 67 ta davlat, minglab bosib o‘tilgan kilometrlar va yagona maqsad — salomatlik, harakat va yangi marralar! 2026-yil 7–8-noyabr kunlari Samarqand shahri O‘zbekistondagi eng yirik xalqaro sport tadbirlaridan biri — Samarkand Marathon 2026 markaziga aylandi. Marafon O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) tomonidan tashkil etildi. Marafonda dunyoning 67 ta davlatidan jami 10 496 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ularning 2 103 nafari xorijiy sportchilar va yugurish ixlosmandlaridir. Ishtirokchilar 2 km, 5 km, 10 km, 21,1 km va 42,2 km masofalarda o‘zaro bellashdilar. Dasturdan bolalar hamda inklyuziv yugurish musobaqalari ham o‘rin olib, sport bayrami turli yoshdagi va jismoniy imkoniyatlarga ega insonlarni birlashtirdi.AKFA Medline marafonning rasmiy tibbiy hamkori sifatida ikki kun davomida ishtirokchilarga professional tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minladi.Tibbiy yordam — eng zarur joyda va kerakli vaqtda Minglab yuguruvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash AKFA Medline tibbiy jamoasining asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi. Tibbiy xizmatni samarali tashkil etish maqsadida marafon tashkilotchilari shifoxona uchun start va finish hududlarida maxsus joylar ajratdilar.Marafon hududida quyidagi tibbiy infratuzilma faoliyat ko‘rsatdi:• 50 m² (5 × 10 m) maydondagi tibbiy chodir — finish hududidan chiqish qismida joylashtirilib, masofani bosib o‘tgan ishtirokchilarga yordam ko‘rsatish uchun xizmat qildi.• 9 m² (3 × 3 m) maydondagi tibbiy punkt — bevosita start-finish hududida tashkil etildi.• 2 ta tez tibbiy yordam avtomobili, jumladan, bitta reanimobil — favqulodda holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish uchun maxsus ajratilgan hududga joylashtirildi.• 7 nafar tibbiyot mutaxassisidan iborat jamoa — shifokorlar, rezidentlar va feldsherdan tashkil topdi.Marafonning ikki kuni davomida AKFA Medline tibbiy jamoasiga jami 148 ta murojaat qayd etildi.Mutaxassislar nafas olishda qiyinchilik, mushaklar tortishishi, og‘riq, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi hamda kuchli jismoniy yuklamalar vaqtida va undan keyin yuzaga keladigan boshqa holatlarda ishtirokchilarga tibbiy yordam ko‘rsatdilar. Marafon davomida ayollardan birining to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashgani ham kuzatildi. AKFA Medline tibbiy jamoasi vaziyatga tezkor munosabat bildirib, unga zarur tibbiy yordamni ko‘rsatdi. Ushbu holat ommaviy sport tadbirlarida malakali tibbiyot xodimlarining ishtiroki naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. Zero, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam inson salomatligi va xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.Yirik sport tadbirlari tashkilotchilari bizga ishonch bildirmoqdaAKFA Medline keng ko‘lamli sport tadbirlariga, jumladan, MANGU musobaqalariga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega. Samarkand Marathon 2026 doirasidagi hamkorlik ushbu faoliyatning mantiqiy davomi bo‘lib, mutaxassislarimizning professionalligi va tajribasiga bildirilayotgan ishonchning yana bir tasdig‘iga aylandi. Xalqaro sport tadbirlari tashkilotchilari bilan hamkorlik AKFA Medline’ning ko‘plab ishtirokchilar qatnashadigan, yuqori mas’uliyat talab etiladigan sharoitlarda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga qodir ishonchli tibbiy hamkor sifatidagi mavqeyini yanada mustahkamlamoqda.Nafaqat salomatlik haqida qayg‘uramiz, balki o‘zimiz ham namuna bo‘lamizMarafonning AKFA Medline uchun yana bir muhim jihati Central Asian University (CAU) bilan birgalikdagi ishtirok bo‘ldi. Hamkorlik doirasida Samarkand Marathon tashkilotchilari AKFA Medline va CAU qo‘shma jamoasi uchun 30 ta ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tish o‘rnini taqdim etdilar. Shifokorlar, shifoxona xodimlari va universitet vakillari yugurish musobaqalarida shaxsan qatnashib, sog‘lom va faol turmush tarziga bo‘lgan sadoqatlarini namoyon etdilar. Bu AKFA Medline mutaxassislari bemorlarga muntazam jismoniy faollikni nafaqat tavsiya qilishlari, balki o‘zlari ham ushbu tamoyillarga amal qilishlarining yorqin namunasi bo‘ldi.Bundan tashqari, marafon tashkilotchilari AKFA Medline uchun tadbir hududida 9 m² (3 × 3 m) maydondagi alohida brend-zona ajratdilar.Ushbu hudud yuguruvchilar, shifoxona xodimlari, universitet vakillari va sport hamjamiyati a’zolari uchun uchrashuv maskaniga aylandi. Bu esa AKFA Medline’ning tadbirda nafaqat rasmiy tibbiy hamkor, balki faol ishtirokchi sifatidagi o‘rnini ham namoyon etdi.Sport jarohatlarining oldini olish — missiyamizning muhim qismiAKFA Medline’ning marafondagi ishtiroki faqat tibbiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmadi. Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri xavfsiz jismoniy faollik haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan ma’rifiy dastur bo‘ldi. Samarkand Marathon tashkilotchilari klinikamiz mutaxassisi uchun tadbirning ma’ruzalar dasturi doirasida alohida chiqish qilish imkoniyatini taqdim etdilar.7-noyabr kuni AKFA Medline shifokor-ortoped-travmatologi quyidagi mavzuda 20 daqiqalik ma’ruza o‘tkazdi: «Og‘riqsiz yugurish: bo‘g‘imlar salomatligini qanday saqlash, jarohatlarning oldini olish va har bir kilometrdan zavq olish mumkin?» Ma’ruza davomida mutaxassis sport jarohatlarining oldini olish, yugurishga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish, jarohatlanish xavfini kamaytirish hamda bo‘g‘imlar salomatligini saqlashning asosiy tamoyillari haqida so‘z yuritdi. Ushbu ma’rifiy tashabbus tibbiy xizmatni amaliy tavsiyalar bilan to‘ldirib, yangi boshlovchilar va tajribali yuguruvchilar uchun foydali ma’lumotlar taqdim etish imkonini berdi.AKFA Medline — salomatlik yo‘lidagi amaliy harakatlarSamarkand Marathon 2026 AKFA Medline uchun shunchaki sport tadbiri emas, balki professional tibbiy yordam, kasalliklarning oldini olish, ma’rifat va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish yo‘lidagi shaxsiy ishtirokni birlashtirgan muhim voqea bo‘ldi. Ikki kunlik marafon, 67 ta davlatdan 10 496 nafar ishtirokchi, 148 ta tibbiy murojaat, AKFA Medline va CAUning 30 nafar yuguruvchidan iborat qo‘shma jamoasi hamda ma’rifiy dastur — bularning barchasi asosiy missiyamizni yana bir bor namoyon etdi: insonlar salomatligi haqida nafaqat so‘z bilan, balki amaliy harakatlar orqali ham g‘amxo‘rlik qilish.

AKFA Medline va Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
26-oktabr, 2026

AKFA Medline va Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2026-yil 26-oktabr kuni AKFA Medline University Hospital hamda Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida patogistologik xizmatlar ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.Tashrif davomida tomonlar laboratoriya faoliyati, uning diagnostika imkoniyatlari va laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, zamonaviy tibbiyotda laboratoriya diagnostikasining ahamiyati, tekshiruvlar sifati hamda patogistologik tadqiqotlarning o‘rni haqida fikr almashildi.Patogistologik tekshiruvlar, ayniqsa, onkologik kasalliklarga shubha qilingan holatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotlar to‘qimalardagi patologik o‘zgarishlarni aniqlash, tashxisni aniqlashtirish va bemor uchun keyingi davolash taktikasini belgilashda shifokorlarga yordam beradi.Uchrashuv davomida tibbiyot muassasalari rahbarlari o‘zaro tajriba almashish, diagnostika jarayonlarini takomillashtirish va mutaxassislar o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.Memorandum  Gustave Roussy International Uzbekistan Oncology Center direktori Sedat Kaya hamda AKFA Medline University Hospital bosh direktori Tursunkulov Azimdjon Nazirjonovich tomonidan imzolandi.Mazkur kelishuv ikki tibbiyot muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, laboratoriya diagnostikasi sohasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.AKFA Medline bemorlarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakatimizning yetakchi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishda davom etmoqda.

AKFA Medline klinikasi Uchtepa tumanida bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazadi
21-oktabr, 2026

AKFA Medline klinikasi Uchtepa tumanida bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazadi

22-oktabr kuni AKFA Medline klinikasining tajribali shifokorlari Toshkent shahrining Uchtepa tumani aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etadi. Ushbu tashabbus aholiga malakali tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy tavsiyalar berishga qaratilgan. Tadbir davomida fuqarolar quyidagi mutaxassislar ko‘rigidan bepul o‘tishlari mumkin:• Oftalmolog — ko‘rish qobiliyatini baholash va ko‘z kasalliklarini aniqlash.• Ortoped — suyak, bo‘g‘im va tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘yicha maslahat berish.• LOR shifokori (otorinolaringolog) — quloq, burun va tomoq kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘tkazish.Ko‘rik davomida shifokorlar bemorlarning shikoyatlarini o‘rganib, dastlabki tekshiruvlarni o‘tkazadilar hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha diagnostika va davolanish bo‘yicha tavsiyalar beradilar. Muhim jihati: agar tibbiy ko‘rik natijasida bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya etilsa, belgilangan talab va shartlar asosida operatsiyani davlatning imtiyozli sug‘urta dasturi doirasida amalga oshirish imkoniyati mavjud.AKFA Medline klinikasi bunday tashabbuslar orqali aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.Tadbir haqida ma’lumot:📅 Sana: 22-oktabr📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 22-sonli oilaviy poliklinika📞 Ro‘yxatdan o‘tish: +998 71 203-30-03Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

Biz har doim sog'lig'ingiz haqida g'amxo'rlik qilishga tayyormiz

Keling — sizni diqqat, professionallik va samimiy g'amxo'rlik kutmoqda

Phone

Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 5A-uy

Phone

ish vaqti

Dushanba - Juma: 08:30 - 17:00

Shanba: 09:00 - 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

Ko'p beriladigan savollar

Klinika ish vaqti va manzili qanday?
Klinika quyidagi jadval asosida ishlaydi: Dushanba – juma: 08:30 dan 17:00 gacha Shanba: 09:00 dan 14:00 gacha Aniq manzil, xarita va yo‘l ko‘rsatmasi saytimizdagi «Biz haqimizda» bo‘limida keltirilgan. Bemorlar uchun qulayliklar: — klinika hududida bepul avtoturargoh mavjud — elektromobillar uchun bepul zaryadlash stansiyasi mavjud
Klinikada laboratoriya va diagnostika xizmatlari mavjudmi?
Ha, bizning klinikamizda zamonaviy laboratoriya va diagnostika markazi ishlaydi. Biz qon, siydik va boshqa biologik materiallar tahlillarini, UZI (ultratovush tekshiruvi), EKG, rentgen, MRT va KT tasvirlarini o'tkazamiz. Ko'p tahlillar natijasi bir kun ichida tayyor bo'ladi, shoshilinch tahlillar esa bir soat ichida. Barcha natijalar elektron shaklda bemorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Qabul uchun qanday hujjatlar kerak?
Birinchi marta tashrif buyuruvchilar uchun faqat pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Agar avval boshqa klinikada tekshiruvdan o'tgan bo'lsangiz, oldingi natijalar, tahlillar va xulosalarni olib kelishingiz maqsadga muvofiq — bu shifokorga aniqroq tashxis qo'yishga yordam beradi. Bolalar uchun qo'shimcha ravishda tug'ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim etilishi lozim.
Klinikada qanday mutaxassislar va yo'nalishlar mavjud?
Bizning ko'p tarmoqli klinikamizda 20 dan ortiq yo'nalish bo'yicha tajribali mutaxassislar qabul qiladi: terapevt, kardiolog, nevropatolog, gastroenterolog, endokrinolog, ortoped, ginekolog, urolog, dermato-venerolog, ko'z shifokori, quloq-burun-tomoq va boshqalar. Barcha shifokorlar oliy malakali bo'lib, xalqaro sertifikatlarga ega. Mutaxassislar ro'yxatini veb-saytimizning «Shifokorlar» bo'limida ko'rishingiz mumkin.
Qabul narxlari qancha va to'lov qanday amalga oshiriladi?
Qabul narxi tanlanagan mutaxassis va xizmat turiga qarab farqlanadi. Narxlar ro'yxatini veb-saytimizning «Xizmatlar va narxlar» bo'limida yoki qo'ng'iroq markazi orqali bilib olishingiz mumkin. To'lovni naqd pul, bank kartasi yoki onlayn to'lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Sug'urta polisidan foydalanish imkoniyati haqida qabul administratori sizga batafsil ma'lumot beradi.
Qabulga qanday yozilish mumkin?
Qabulga yozilish uchun bir necha qulay usul mavjud: bizning veb-saytimiz orqali onlayn forma to'ldirish, qo'ng'iroq markazi raqamiga telefon qilish yoki klinikaga to'g'ridan-to'g'ri kelish. Onlayn yozilishda shifokor, sana va qulay vaqtni tanlashingiz mumkin. Qo'ng'iroq qilsangiz, administratorlarimiz sizga eng yaqin bo'sh vaqtni taklif qiladi.